· Davomat
Qog'ozdan ekranga: nima yo'qoladi
Qog'oz jurnalning bitta ustunligi bor edi va men uni deyarli yo'qotib qo'ydim.
Qog'oz jurnal sekin, lekin unda bitta kuchli tomon bor: hamma narsa bir varaqda ko'rinadi. O'qituvchi butun guruhni bir qarashda ko'radi.
Birinchi versiyada men har bir o'quvchini alohida ekranga chiqargandim. To'g'ri ko'rinardi, lekin o'qituvchilar undan foydalanmadi — chunki yigirma marta bosish kerak edi.
Ikkinchi urinish
Ikkinchi versiyada butun guruh bitta ro'yxatda chiqdi va faqat kelmaganlar belgilanadigan bo'ldi. Bu qog'oz jurnalning aynan o'sha mantig'i edi — men uni bekorga tashlab yuborgan ekanman.