Menyu
yusr.
uz ru en

Yordam.

Platformadan qanday foydalanaman

Katalogdan kerakli yechimni toping va uning sahifasiga kiring. U yerda platformaning o'z manzili bor — «Saytga o'tish» tugmasi orqali o'tasiz. Ro'yxatdan o'tish va foydalanish o'sha yerda bo'ladi.

Yechim topolmayapman

Katalogda qidiruv va uchta filtr bor: kategoriya, holat va texnologiya. Agar kerakli narsa topilmasa, ehtimol u hali yaratilmagan — aloqa sahifasi orqali yozing.

Platforma ishlamayapti

Avval yechim sahifasidagi holatni tekshiring: «Ishlab chiqilmoqda» yoki «Arxivda» bo'lsa, u hali yoki endi ishlamaydi. «Ishlayapti» bo'lsa-yu ochilmasa — aloqa orqali xabar bering, qaysi platforma va qanday xato ekanini yozing.

Fikr yoki taklif bermoqchiman

Aloqa sahifasidagi forma orqali. Qaysi yechim haqida ekanini tanlasangiz, xabar to'g'ridan-to'g'ri o'sha platformaga bog'lanadi.

Ma'lumotlarimni o'chirmoqchiman

Aloqa orqali yozing. Qaysi platformaga tegishli ekanini ko'rsating — so'rov qabul qilingandan keyin bajariladi.

Yangi platformalardan xabardor bo'lish

Aloqa sahifasida obuna formasi bor. Yangi platforma chiqqanda bitta xat keladi, boshqa hech narsa yuborilmaydi.