Foydalanish shartlari.
Bu shartlar yusr.uz saytiga tegishli. Katalogdagi har bir platformaning o'z shartlari bor va ular o'sha platforma saytida ko'rsatilgan.
Sayt nima qiladi
Yusr — yechimlar katalogi. Bu yerda har bir platforma haqida ma'lumot, uning qanday muammodan kelib chiqqani va unga havola bor. Platformalarning o'zi alohida manzillarda ishlaydi.
Ma'lumotning aniqligi
Sahifalardagi raqamlar va tavsiflar iloji boricha yangilanib turadi, lekin ular kafolat emas. Platformaning holati (ishlayapti, beta, ishlab chiqilmoqda) o'zgarishi mumkin va bu har bir yechim sahifasida ko'rsatiladi.
Havolalar
Sayt tashqi manzillarga havola beradi. Ularning mazmuni uchun javobgarlik o'sha saytlar egalarida.
Mualliflik huquqi
Sayt matnlari, belgisi va dizayni Yusr muallifiga tegishli. Manba ko'rsatilgan holda iqtibos keltirish mumkin.
Murojaatlar
Aloqa formasi orqali yuborilgan takliflar ko'rib chiqiladi, lekin ularga javob berish yoki amalga oshirish majburiyati olinmaydi.
O'zgarishlar
Shartlar o'zgarishi mumkin. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, u sahifada sana bilan ko'rsatiladi.