Menyu
yusr.
uz ru en

Eng oddiy narsa eng qiyin bo'ladi

Forma, sana va telefon raqami — uchalasi ham ko'rinishdan oson, amalda esa aksincha.

Har bir platformada uchta narsa eng ko'p vaqt oldi: forma, sana va telefon raqami.

Telefon raqami

Odamlar uni o'nlab ko'rinishda yozadi: +998 90 123 45 67, 901234567, (90) 123-45-67. Hammasi to'g'ri. Dastur esa ularni bitta ko'rinishga keltirishi va keyin foydalanuvchiga o'zi yozgan ko'rinishda qaytarishi kerak.

Sana

Sana — vaqt mintaqasi, til va formatning kesishmasi. «01.02.2026» bir mamlakatda fevralning biri, boshqasida yanvarning ikkinchisi.

Bularning hech biri qiziq emas va hech kim buni sezmaydi — to'g'ri ishlaganda. Noto'g'ri ishlaganda esa foydalanuvchi butun platformaga ishonchini yo'qotadi.